Bayden Polshaga boradi
Olam
−
20 fevral 2023 5108 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden bugun, 20 fevral kuni Varshavaga uchadi. U Polshaga tashrifi doirasida NATOning sharqiy qanoti yetakchilari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi.
"Uchrashuv chog‘ida Amerika yetakchisi Qo‘shma Shtatlar NATO xavfsizligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlaydi", dedi u. Jan-Perning qayd etishicha, Oq uy rahbari Rossiyaning Ukrainada maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganining bir yilligi arafasida ham nutq so‘zlaydi.
Shuningdek, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Vashington Jo Baydenning Yevropaga safari chog‘ida Ukrainaga tashrif buyurishi ehtimolini istisno qilganini ma’lum qildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025