Bayden Olimpiadani pandemiya paytida o‘tkazishni ma’qulladi

Sport

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden yapon hukumatining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini koronavirus pandemiyasiga qaramasdan o‘tkazish qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Oq uyning rasmiy saytida xabar qilindi.

“Bayden Bosh vazir Suganing Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini shu yilning yozida o‘tkazish qarorini qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari pandemiyaga qaramasdan, musobaqalarga tayyorlanayotgan amerikalik va yaponiyalik sportchilari bilan faxrlanishini aytib o‘tgan.

Avvalroq, Suga Amerika davlat rahbari bilan qo‘shma press-konferensiyada hukumat koronavirus bilan vaziyat yomonlashishiga qaramay, Tokioda bo‘ladigan xalqaro musobaqalarni o‘tkazishdan voz kechmasligini ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, 15 aprel kuni vaksinatsiya uchun mas’ul bo‘lgan Yaponiya vaziri Taro Kono koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqani tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkinligini ta’kidlagandi.

Shundan so‘ng, Tokio Olimpiadasi chet ellik muxlislarsiz o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Tokio Olimpiadasi 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar o‘tkazilishi lozim edi. Koronavirus pandemiyasi sababli musobaqa bir yilga kechiktirildi. Endi esa Olimpiada joriy yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha o‘tkazilishi reja qilingan. Shu bilan bir qatorda, Olimpiadaning Tokio-2020 nomi saqlab qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing