Bayden Oq uy va barcha shtatlarda AQSH bayrog‘ini tushirishni buyurdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Chikagodagi (Illinoys shtati) Haylend-parkda sodir bo‘lgan otishma qurbonlari xotirasiga mamlakatdagi va xorijdagi hukumat binolaridagi bayroqlar yarim tushirib qo‘yishni buyurdi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi. 

“Joriy yilning 4 iyulida Illinoys shtatining Haylend-Parkida Mustaqillik kunimizda sodir etilgan ma’nosiz zo‘ravonlik harakatlari qurbonlari xotirasiga hurmat ramzi sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlari bayroqlarini Oq uy, shuningdek barcha shtat binolari va hududlarida 9 iyul quyosh botgunga qadar yarim qilib tushirib qo‘yishni buyuraman”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, buyruq barcha elchixonalar, harbiy bazalar va kemalarga ham tegishli.

Oq uyda jurnalistlar Baydendan Haylend-Parkga borish niyati bor-yo‘qligini so‘rashganda, u “Ishonchim, komil emas”, deya javob bergan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyul kuni Chikagodagi Haylend-parkda Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan parad boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, otishma sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishmada yetti kishi halok bo‘lgan, 26 kishi esa shifoxonaga yotqizilgan. Jinoyatchi parad o‘tadigan joy yaqinidagi do‘kon tomidan turib odamlarni o‘qqa tutgan. Shundan so‘ng, u voqea joyidan qochgan, biroq politsiya uni qo‘lga olgan va shaxsiga aniqlik kiritgan. U 22 yoshli Robert Krimo bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing