Bayden neft masalasida Saudiya bilan kelishdi
Olam
−
16 iyul 2022 13091 2 daqiqa
Saudiya Arabistoni jahon iqtisodiyoti rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida jahon neft bozorida muvozanatni saqlash majburiyatini oldi. Oq uy AQSH prezidenti Jo Bayden va Saudiya rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng shunday bayonot berdi.
Saudiya Arabistoni barqaror iqtisodiy o‘sish uchun jahon neft bozorida muvozanatni saqlash tarafdori”, deyiladi xabarda.
Unda ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar “iyul va avgust oylarida rejalashtirilganiga nisbatan ishlab chiqarish darajasining 50 foizga oshirilishini mamnuniyat bilan qabul qilgan”.
“Kelgusi haftalarda bizlar kutayotgan shu va keyingi qadamlar bozorlarni sezilarli darajada barqarorlashtirishga yordam berdi va yordam beradi”, deya ta’kidlagan Oq uy.
Bayden muzokaralar yakunida Saudiya Arabistoni yetakchilari bilan “global energiya xavfsizligi va global iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun mustahkam neft ta’minoti mexanizmlari bo‘yicha ijobiy muhokama o‘tkazganini” aytgan.
Baydenning aytishicha, neft masalasida u “AQSHga etkazib berish hajmini oshirish uchun hamma narsani qilmoqda”.
Amerika rahbari Saudiya tomoni “bu dolzarb masala ekanligiga roziligini” qayd etgan.
“Kelgusi haftalarda keyingi qadamlarni ko‘ramiz”, degan u.
Bayden Saudiya Arabistoniga Isroilga tashrifi ortidan yetib keldi. U Isroildan Saudiya Arabistoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz qilgan birinchi AQSH rahbari bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Bayden joriy yilning 13 iyul kuni Isroilga tashrif buyurdi va prezidentlikka kelganidan keyin birinchi Yaqin Sharq bo‘ylab safarini boshladi. Saudiyadan oldin u Isroil, Iordan daryosining G‘arbiy Sohiliga bordi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025