Bayden Mustaqillik paradidagi otishma yuzasidan bayonot berdi  

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Chikagodagi (Illinoys shtati) yuz bergan otishma bilan bog‘liq hodisa yuzasidan munosabat bildirib, “qurolli zo‘ravonlik epidemiyasi”ga qarshi kurashni to‘xtatmoqchi emasligini aytdi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar berdi.

“30 yil ichida birinchi marotaba men ikki partiyaviy qurol qonunchiligini isloh qilish bo‘yicha muhim loyihani imzoladim, u hayotni saqlab qoladigan harakatlarni o‘z ichiga oladi. Ammo hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p va men qurolli zo‘ravonlik epidemiyasiga qarshi kurashni to‘xtatmoqchi emasman ”, deydi Bayden. 

Prezident Illinoys gubernatori Jey Robert Pritsker va Haylend-park meri Nensi Roteringga yordam taklif qilganini aytgan va federal huquqni muhofaza qilish idoralarini otishmachini topishda yordam berishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 iyul kuni Chikagodagi Haylend-parkda Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan parad boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. 

Jinoyatchi parad o‘tadigan joy yaqinidagi do‘kon tomidan turib odamlarni o‘qqa tutgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing