Bayden Kuba masalasida Trampning yo‘lini davom ettirmoqchi
Olam
−
01 iyun 2021
3328AQSHning 47-Prezidenti Jo Bayden sobiq Prezident Donald Trampning Kubaga nisbatan qattiqqo‘l siyosatini davom ettirmoqchi. Bu haqda “The Hill” nashriyoti xabar bermoqda.
Bunga Amerika ma’muriyatining Kubani “terrorizmga qarshi kurashishda AQSH bilan to‘liq hamkorlik qilmaydigan mamlakatlar” ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risidagi qarori sabab bo‘lgan.
Bill Klinton ma’muriyatining siyosiy maslahatchisi, professor Fulton Armstrongning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror faqat ichki siyosiy mulohazalarni belgilaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu tarzda Demokratik partiya o‘zining siyosiy raqibi respublikachilarga ular rozi bo‘lmaydigan siyosatni olib borilmasligini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Kubani terrorizmga homiylik qiladigan mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shish to‘g‘risida AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp 2021 yil yanvar oyida qaror qabul qilgan edi.
LiveBarchasi