Bayden Kim Chen In bilan uchrashmoqchi emas – Oq uy
Olam
−
30 mart 2021
3704AQSH Prezidenti Jozef Bayden KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashuvni rejalashtirmayapti. Bu haqda Oq uy vakili Jen Psaki aytib o‘tdi.
Jurnalist Psakidan Baydenning KXDR bilan munosabatlardagi yondashuvi ilgari Donald Tramp kabi Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashuv o‘tkazishni anglatadimi, deb so‘ragan.
“Menimcha, uning yondashuvi biroz boshqacha bo‘ladi. Va bu (Kim Chen In bilan uchrashuv – tahr.) uning niyatlariga kirmaydi”, deydi Psaki.
Mart oyining o‘rtalarida “Reuters” Amerika Prezidenti ma’muriyatidagi yuqori martabali manbasiga tayanib, Qo‘shma Shtatlar bir oydan ko‘proq vaqt davomida KXDR rahbariyati bilan bog‘lana olmayotganini xabar qilgandi. Agentlikning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar rasmiylari Shimoliy Koreya bilan uning yadro dasturi masalasini muhokama qilmoqchiligi ta’kidlangandi.
LiveBarchasi