Bayden Xitoydagi inson huquqlarining buzilishi haqida gapirdi
Olam
−
17 Fevral 2021 5470 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Baydenning ta’kidlashicha, Xitoy inson huquqlari buzilayotgani taxmin qilinayotgan vaziyatda o‘ziga nisbatan aks ta’sirni kutishi kerak . Amerika rahbari tegishli bayonotni Miluokidagi (Viskonsin) ommaviy yig‘ilishda e’lon qildi.
Amerika Przidentidan Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi vaziyatni muhokama qilgan-qilmaganligi so‘raldi. Bayden bu savolga ijobiy javob berdi, ammo Gonkong, XUAR va Tayvandagi vaziyatni ommaviy ravishda qoralashni rejalashtirmaganini ta’kidladi.
“Men shuni aniq aytmoqchimanki, biz BMT va ularning [Xitoyning] xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlarda inson huquqlarini himoya qilishni davom ettirish niyatidamiz”, deydi Bayden.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr