Bayden "qovun tushirganidan” keyin, o‘ziga yangi familiya topdi (video)

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Oregon shtatidagi nutqi chog‘ida o‘z familyasini hazil tariqasida “Bidden... Jo Bidden” deb noto‘g‘ri aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti infratuzilmani rivojlantirish haqida fikr bildirar ekan, qurultoyning mahalliy vakillariga minnatdorlik bildirishga qaror qilgan va har birining ismini alohida aytgan. Biroq vakillik palata a’zosi Erl Blyumenauer ismini noto‘g‘ri talaffuz qilgan. 

“Rahmat sizlarga Ron Uayden, Jeff Merkli va Erl Bem...  Erl... kechirasiz. Bilaman. Meni ham  Bidden... Jo Bidden deb atashingiz mumkin”, deydi Prezident.

Avvalroq, AQSH yetakchisi Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga bosqinini sharhlab, ikki davlatni chalkashtirib yuborgan edi. Bundan tashqari, Ukraina aholisini “eronliklar” deb yuborgan. Yaqinda esa Bayden bo‘sh joy bilan qo‘l berib ko‘rishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing