Bayden Iroqqa yordam taklif qildi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy bilan Bag‘doddagi vaziyatning keskinlashuvini muhokama qildi va unga mojaroni yumshatishda yordam taklif qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.

Prezident va Bosh vazir ko‘chalarda tartib o‘rnatilishini olqishlagan va Iroqdagi barcha kuchlar yetakchilarini milliy muloqotga chaqirgan.

Xabarga ko‘ra, suhbat chog‘ida Bayden al-Kozimiy ma’muriyatini va mojaro avj olgan paytda Iroq xavfsizlik kuchlarining harakatlarini yuqori baholagan, shuningdek to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan. 

“Bayden dialog va diplomatiya yo‘li bilan al-Kozimiyning mintaqadagi keskinlikni yumshatish borasida to‘liq qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Yetakchilar kelgusi haftalarda aloqaga chiqishga kelishib oldilar”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 avgust kuni siyosatdan ketishini e’lon qilgan shia imomi Muqtado as-Sadrning yuzlab tarafdorlari Bag‘dodning hukumat idoralari va xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari joylashgan “yashil hududi”ni egallab, Respublika saroyini o‘rab olib, binoga kirishdi. Namoyishlar sadrchilarni quvib chiqarishga urinayotgan xavfsizlik kuchlari bilan qurolli to‘qnashuvlarga aylangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shiddatli to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 30 kishiga yetgan, 300 dan ortiq kishi jarohatlangan. Namoyishlar va to‘qnashuvlar Iroqning boshqa hududlarini ham qamrab oldi.

As-Sadr o‘z tarafdorlariga respublika parlamentiga tutash hududni tark etishni buyurganidan keyin vaziyat biroz tinchlana boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing