Bayden inflyatsiyani AQSH uchun “la’nat” deb atadi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatda kuzatilayotgan rekord darajadagi inflyatsiyani “la’nat”ga tenglashtirdi. Siyosatchi bu haqda kecha, 8 iyun kuni Jimmi Kimmelning hazilomuz tok-shou efirida aytdi.

“Inflyatsiya bizning mavjudligimizga (qarshi) la’natdir” deydi AQSH rahbari. 

U eng ko‘p oziq-ovqat va benzin narxi oshayotganiga to‘xtalib o‘tgan. Teleboshlovchi bunga javoban, hazil tariqasida inflyatsiya Baydenni “o‘ldirayotganini” aytgan.

“Bu hammaga hamma narsa qanchalik qimmatligini aytib beradigan e’lonlar taxtasiga o‘xshaydi. Ammo, agar Donald Tramp sizga flomaster qoldirsa, ehtimol siz raqamlarni tuzatishingiz mumkindir”, deb hazillashgan Kimmel.

Joriy yilning 8 iyun kuni “Fox Business” teleboshlovchisi Styuart Varni fuqarolar tushkunlikka tushib qolayotganini, ularni “Amerika orzusi” g‘oyasi tark etayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “inflyatsion spiral”ga tushib qolgan, narxlarning o‘sishi to‘xtamayapti, bir gallon benzin (3,785 litr) kuniga 4-5 sentga qimmatlashyapti.

“The Wall Street Journal” o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra AQSH fuqarolarining aksariyati (kamida 83 foizi) o‘z mamlakatlari iqtisodiyoti yomon yoki achinarli holatda deb hisoblashadi. Shu bilan birga, ularning 35 foizi moliyaviy ahvolidan noroziligini bildirgan.

 

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing