Bayden AQSHni bir yilda vayron qildi – Tramp
Olam
−
05 fevral 2022 9556 2 daqiqa
AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Demokratik partiya va Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden bir yil ichida Amerikani vayron qildi deb hisoblamoqda. Bu haqda u “Red zone” podkasti efirida bildirgan.
“Ko‘p ishlar noto‘g‘ri ketmoqda, bularning barchasi haqiqatan ham bir yilda odamlarga qattiq zarba bo‘ldi. Mamlakatimiz bir yilda vayron bo‘ldi”, deydi siyosatchi.
Ta’kidlanishicha, Tramp muntazam ravishda demokratlarni hokimiyatga kelgan paytdanoq AQSHni vayron qilishda ayblab, kelmoqda. Uning demokratlar va Baydenga qarshi asosiy ayblovi 2020 yilgi saylov natijalarini soxtalashtirish bo‘lgandi. Tramp, shuningdek, demokratlar tufayli jinoyatchilik darajasi oshganini, janubiy chegara orqali muhojirlarning nazoratsiz oqimi davom etayotganini, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning neft ta’minotiga qaram bo‘lib qolganini, shuningdek Rossiya va Xitoy “Tolibon”dan Amerika harbiy texnikasini olganini da’vo qilgan.
Uning fikricha, Amerika Afg‘onistondan muvaffaqiyatsiz chiqib ketishni amalga oshirgan, demokratlar Rossiyaga “Shimoliy oqim 2”ni qurishga ruxsat bergan, NATO ittifoqchilari bilan hamkorlikda AQSH manfaatlarini himoya qila olmagan, transgender sportchilarning musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat bergan va inflyatsiya hamda tanqislik oshishiga hissa qo‘shgan. Trampga ko‘ra, uning davrida bunday ishlar bo‘lmagan va respublikachilar hokimiyatga kelsa “Amerikani yanada buyuk qiladi”.
Demokratlar esa o‘z navbatida, o‘tgan yilning 6 yanvarida Tramp saylov natijalarini bekor qilib, hokimiyatni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lganini va mamlakatni fuqarolar urushi yoqasiga olib kelganini, endi esa o‘zining tanqidiy bayonotlari bilan Amerika demokratiyasi asoslariga putur yetkazayotganini ta’kidlamoqda.
Live
Barchasi