Bayden AQSHdagi inflyatsiyada Rossiyani aybladi
Olam
−
13 aprel 2022
12062AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 12 aprel kuni mamlakatning mart oyidagi inflyatsiyasiga 70 foizi Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi sabab bo‘lgani haqida bayonot berdi. Bu haqda Prezident Ayova shtatida ma’muriyatning narxlar oshishiga qarshi kurash choralari haqida so‘zlagan nutqida aytib o‘tgan.
AQSH Mehnat vazirligi yillik inflyatsiya fevral oyidagi 7,9 foizdan 2022 yil mart oyida 8,5 foizga tezlashganini aytgan. Bu 1981 yil dekabr oyida yakunlangan davrdan keyingi 12 oy davomida mamlakatda inflyatsiyaning eng katta o‘sishidir.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi boshlagan urush “butun dunyoda benzin va oziq-ovqat narxining oshishiga olib keldi”.
“Dunyodagi eng yirik ikkita don ishlab chiqaruvchisi – Xitoy, ya’ni Ukraina va Rossiya odatdagidek ishlamayapti, shuning uchun hamma [narxlar] ko‘tarildi. Biz bugungi inflyatsiya ma’lumotlarini ko‘rdik - mart oyida narxlar o‘sishining 70 foizi [Rossiya Prezidenti Vladimir] Putin sabab benzin narxi oshishi bilan bog‘liq”, deydi Oq uy rahbari va Kongressni mamlakatda yuqori inflyatsiya bilan bog‘liq muammoni zudlik bilan hal qilishga chaqirib.
U qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotganini, narxlar o‘sishini sekinlashtirish uchun farmonlar chiqarayotganini bildirdi.
LiveBarchasi