Bayden AQSHda koronavirusdan o‘lganlar soni 500 mingdan oshishini taxmin qildi

Olam

image

Bir necha kun ichida koronavirusidan o‘lganlar amerikaliklarning soni yarim million kishidan oshadi. Ushbu prognozni AQSH Prezidenti Jo Bayden baham ko‘rdi, uning so‘zlari Oq uy veb-saytida e’lon qilindi.

“Barcha erishilgan yutuqlarga qaramay, pandemiya qo‘lini yumshatmadi. Yangi shtammlar paydo bo‘ladi. Bir necha kundan keyin biz COVID-19 dan amerikaliklarning o‘limining 500 minginchi chizig‘idan o‘tamiz”, deb bashorat qildi Bayden.

Amerika rahbari bu ko‘rsatkich Ikkinchi Jahon urushida vafot etgan AQSH fuqarolari sonidan 70 mingtaga ko‘p ekanini ta’kidladi.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda koronavirus bilan bog‘liq 28 milliondan ortiq yuqtirish holati va 495 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing