Bayden Afg‘onistonni AQSHning asosiy ittifoqchisi maqomidan mahrum qilmoqchi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Afg‘onistonni mamlakatning NATOdan tashqaridagi ittifoqchisi maqomidan mahrum qilmoqchi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi. 

Unga ko‘ra, davlat rahbari o‘z qarori haqida Kongressning har ikki palatasi rahbarlarini xabardor qilgan.

“1961 yildagi “Tashqi yordam to‘g‘risida”gi qonunning 517-moddasiga muvofiq, men Afg‘onistonni NATOga a’zo bo‘lmagan asosiy ittifoqchi sifatidagi maqomini bekor qilmoqchiligim haqida xabar beraman”, deydi Bayden.

Aytish joizki, AQSH 2012 yilda Obama ma’muriyati davrida Afg‘onistonni NATO bo‘lmagan asosiy ittifoqchilar qatoriga kiritgan edi. Shu kungacha 20 ta davlat AQSH tomonidan “NATOga a’zo bo‘lmagan asosiy ittifoqchilar” sifatida tan olingan.

Qonun 1987 yilda AQSHda o‘sha paytdagi Prezident Ronald Reygan tomonidan qabul qilingan bo‘lib, u ro‘yxatga Avstraliya, Misr, Isroil, Yaponiya va Janubiy Koreyani kiritgan. Bahrayn va Quvayt ushbu ro‘yxatga Jorj Bush hukumati vaqtida qo‘shilgan. 

Prezident Bayden esa Qatar va Kolumbiyani ham ro‘yxatga kiritgan. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistonni bosib oldi. 30 avgust kuni Qo‘shma Shtatlar nihoyat o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketdi, shundan so‘ng “Tolibon” Afg‘onistonning to‘liq mustaqilligini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing