Bayden 2021 yilda qancha pul topgani ochiqlandi
Olam
−
16 aprel 2022
10533Prezident Jo Bayden va uning rafiqasi Jill o‘zlarining 2021 yildagi daromadiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi, Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, er-xotin o‘tgan yili 600 000 dollardan ko‘proq daromad olgan va 24,6 foiz daromad solig‘i to‘lagan.
Shuningdek, Bayden o‘z daromadining 2,8 foizini yoki 17 384 dollarni xayriya ishlariga, jumladan, 5 000 dollarni bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan Bo Bayden jamg‘armasiga xayriya qilgan. Prezidentning o‘g‘li Bo Bayden 2015 yilda saraton kasalligidan vafot etgan edi.
Bayden prezidentlik lavozimida 378,3 ming dollar ishlab topgan. Bu odatdagi 400 minglik ko‘rsatkichdan kam, chunki u 20 yanvardan lavozimga kirishgan. Baydenning rafiqasi esa o‘qituvchi sifatida 67,1 ming dollar ishlagan.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hamda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning 2021 yildagi daromadi ochiqlangandi. Unga ko‘ra, Putinning daromadi 10 million 202 ming 616 rublni, Peskovniki esa 14,5 million rubl, uning rafiqasi Tatyana Navkaniki esa 218,5 million rublni tashkil qilgan.
LiveBarchasi