Bayden hozircha Rishi Sunakni tabriklamoqchi emas. Nega?
Olam
−
25 Oktabr 2022
13373Oq uyda hindlarning Divali bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezident Bayden janob Rishi Sunakning Buyuk Britaniyaning navbatdagi bosh vaziri lavozimiga ko‘rsatilishini “ilmiy bosqich” deb ta’rifladi.
Bu haqida BBC yozmoqda.
AQSH prezidenti Jo Bayden, janob Sunakni qirol Charlz bilan uchrashguncha va protokolda ko‘rsatilganidek, hukumat tuzish so‘ramaguncha uni rasman tabriklashga shoshilmayapti.
Ammo avvalroq Jo Bayden Trass xonimdan keyin kim hukumat rahbari bo‘lsa, u bilan "yaqin munosabatlar" saqlab qolishini aytgandi.
"New York Times" nashri so‘nggi yillarda konservatorlar partiyasi tomonidan erishilgan "saylanishlardagi rekordini" ta’kidlab, Rishi Sunakning g‘alabasi ayollar va rangli odamlarni nufuzli lavozimlarga ko‘tarish tarixidagi yana bir muhim bosqich ekanligini ma’lum qildi.
"The Washington Post" nashri yesa janob Sunak Bosh vazir bo‘lgan birinchi "rangli inson" ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya tarixida ilk bor etnik hind Bosh vazir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Haqqiyev Samandar
LiveBarchasi