“Bavariya” juda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Sport

image

Myunxenning "Bavariya" klubi "Rottax-Egern" jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 23:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"Rottax-Egern" Bavariya shahrining Misbax tumanidagi klub hisoblanadi. Jamoalar o‘tgan yili ham nazorat bahsida maydonga tushgan bo‘lib, o‘shanda "Bavariya" 20:2 hisobida zafar quchgandi.

Niko Kovach shogirdlari Germaniya Superkubogi uchun bahsda "Borussiya D" klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgandi. Myunxenliklar keyingi rasmiy uchrashuvni 12 avgustda mamlakat Kubogi doirasida "Energi"ga qarshi o‘tkazadi.

“Rottax-Egern” - “Bavariya” 0:23

Gollar: Sanshesh 7ʼ 20ʼ, Dayaku 8ʼ, Levandovski 9ʼ 16ʼ 30ʼ, Gnabri 34ʼ, Tolisso 38ʼ 41ʼ 40ʼ 42ʼ, Myuller 49ʼ 61ʼ 88ʼ, Singx 55ʼ 59ʼ, Goretska 63ʼ 67ʼ 78ʼ, Ditrich (avtogol) 73ʼ, Vridt 76ʼ 83ʼ, Nollenberg 80ʼ.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing