“Bavariya” trebl egalarining yetakchi futbolchisini sotib olmoqchi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” futbol klubi “Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uolkerni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Uolker 2022/2023 yilgi mavsumda “Siti” tarkibidagi o‘yin amaliyoti kamligidan norozi bo‘lmoqda. 

Britaniyalik 33 yoshli futbolchi Myunxen klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning transfer narxi oshkor etilmagan, ammo bu masala klublarni xavotirga solgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Kayl bu mavsum “Manchester Siti” tarkibida Angliya chempionati, Angliya Kubogi va Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing