“Bavariya” Manega “Liverpool”dan 4 barobar ko‘p maosh taklif qildi
Sport
−
03 iyun 2022
3111Germaniyaning “Bavariya” klubi yozgi transfer oynasida “Liverpul” va Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Maneni sotib olishiga ishonmoqda. Bu haqda “Sport1.de” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Bavariya" haligacha "Liverpul" bilan Mane bo‘yicha 100 foiz kelishuvga erishmagan, biroq futbolchining o‘zi allaqachon Myunxenga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgan. Amaldagi Germaniya chempionlari Sadioga yiliga 20 million yevro maosh to‘lashga tayyor, bu uning mersisaydliklar jamoasida oladiganidan ancha ko‘p. Manening “qizillar”dan oladigan yillik maoshi 5,5 million yevroni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, Robert Levandovskining ketishi mumkinligi munosabati bilan “Bavariya” Sadio Maneni jamoaning asosiy yulduziga aylantirishga tayyor. PSJ ham senegalliklarga da’vo qilmoqda. Biroq Parij jamoasi Manega asosiy yulduz maqomini kafolatlay olmaydi, chunki Parijliklar tarkibida Kilian Mbappe, Neymar va Lionel Messi o‘ynaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Mane 2016 yilda “Sautgempton”dan 41,2 million yevro evaziga “Liverpul”ga o‘tgan edi. O‘shandan beri senegallik hujumchi “qizillar” safida 269 ta o‘yinda maydonga tushib, 120 ta gol urdi va 48 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Sadioning amaldagi klubi bilan shartnomasi 2022-2023 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi