“Bavariya” Levandovskiga o‘rinbosar topdi

Sport

image

“Ayaks” hujumchisi Sebastyan Aller “Bavariya”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” “Ayaks”ning 27 yoshli hujumchisining agentlari bilan bog‘langan. Aller Robert Levandovski o‘rniga nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda. 

“Bavariya” jamoasi joriy yilning yozida kot-d’Ivuarlik futbolchi bilan 40 million yevro evaziga shartnoma imzolashi mumkin. Ma’lum qilinishicha, Sebastyan Allerning “Bavariya”dagi maoshi yiliga 9 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021-2022 yilgi mavsumda Sebastyan Aller Amsterdamning “Ayaks” jamoasi safida, barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlarda Sebastyan 33 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Allerning hisobida UEFA Chempionlar ligasining sakkizta o‘yinida 11 ta gol mavjud. “Transfermarkt” portali “Ayaks” hujumchisini 30 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing