“Bavariya”da o‘tgan 8 yilni unutmayman – Levandovski Myunxendan ketdi

Sport

image

Robert Levandovski “Barselona”ga ketish oldidan “Bavariya” klubidagi jamoadoshlari va xodimlar bilan xayrlashdi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

“Men qaytib kelaman va barcha xodimlar bilan shaxsan xayrlashaman. Menda safarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘p vaqt yo‘q edi. Bu 8 yil o‘zgacha bo‘ldi. Men sizlar bilan o‘tgan yillarni unutmayman. Myunxenda ajoyib vaqt o‘tkazdim. Men tez orada ketaman, lekin yig‘indan so‘ng [Barselona bilan] qaytib kelaman. Hamma bilan xayrlashaman va sizlar uchun nimadir tashkil qilaman”, degan hujumchi.

Avvalroq, “Barselona” “Bavariya” bilan Levandovskining transferi bo‘yicha 45+5 million yevro narxga kelishib olgani haqida xabar qilingandi. Uning shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Shuningdek, bitim yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Myunxen klubi bosh direktori Oliver Kan kelishuv haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing