“Bavariya” atrofidagi vaziyat: klub Bundesligada bir yarim oy ichida ilk marta mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
21 fevral 2021
3013Myunxenning “Bavariya” klubi futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 22-tur uchrashuvida Frankfurtning ”Ayntraxt” klubiga imkoniyatni boy berdi. “Doyche Bank Park” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:1 hisobi bilan mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
“Bavariya” uchrashuv uchun eng kuchli tarkibni tuza olmadi. Koranten Tolisso, Duglas Kosta va Serj Gnabri jarohat olgan. Tomas Myuller, Leon Goretska va Benjamin Pavar koronavirus bilan kasallangan edi.
Birinchi bo‘limda mezbonlar “Bavariya” darvozaboni Manuel Noyerning darvozasiga ikkita gol kiritdi: Taniqli yapon yarim himoyachisi Daichi Kamada va kelib chiqishi livanlik bo‘lgan nemis hubveki Yunes Amin Noyerni anchagina bezovta qildi.
53-daqiqada Myunxen klubi yetakchisi Robert Levandovski javob goli muallifiga aylandi. Polshalik hujumchi Bundesliganing 21-uchrashuvidagi 26-golini urdi. U ishonchli tarzda chempionat to‘purarlari ro‘yxatini boshqarmoqda. “Ayntraxt”ning ikkinchi o‘rindagi portugaliyalik hujumchisi Andre Silva undan sakkizta gol ortda qolmoqda.
“Bavariya” uchun bu mag‘lubiyat yanvar oyi boshidan buyon Germaniya chempionatida birinchi bo‘lib, jamoa Myonxengladbaxda “Borussiya”ga mag‘lub bo‘lgandi (2:3).
O‘shandan beri “Bavariya” Bundesligada “Frayburg” (2:1), “Augsburg” (1:0), “Shalke” (4:0), “Xoffenxaym” (4:1) va “Gerta Siti” (1:1) ga qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozondi. Arminiya bilan durang uynadi (3:3).
“Ayntraxt”dan mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, “Bavariya” 49 ochko bilan Germaniya chempionati jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘rinni egallab turgan “Leypsig” ulardan besh ochko ortda qolmoqda.
LiveBarchasi