“Bavariya” 80 mln yevroga “Juventus” futbolchisini sotib oldi

Sport

image

Niderlandiya terma jamoasi va “Juventus” himoyachisi Matteys de Ligtning “Bavariya”ga o‘tishi yaqin kunlarda yakunlanadi. Bu haqda jurnalist, insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun, 18 iyul kuni “Juventus”ning 22 yoshli himoyachisi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Myunxenga uchib ketadi.

Qayd etish joizki, tomonlar Matteysning transferi borasidagi barcha tafsilotlarni kelishib olgan. Ya’ni, “Bavariya” niderlandiyalik futbolchi uchun 70 million yevro va yana 10 million yevroni turli bonuslar ko‘rinishida “Juventus”ning hisob raqamiga o‘tkazib beradi. Shuningdek, Myunxen klubi rahbariyati himoyachiga yiliga 12 million yevro maoshni o‘z ichiga oluvchi 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qiladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Matteys de Ligt “Juventus” safida Italiya A Seriyasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali niderlandiyalik iqtidor egasini 70 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing