“Bavariya” hujumchisi ko‘proq maosh talab qilyapti
Sport
−
23 fevral 2022
2157Myunxenning “Bavariya” klubi sport direktori Hasan Salihamidjich Serj Gnabrining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar yangi shartnoma yuzasidan kelishuvga erishmagan. Muzokaralar keyinroq bo‘lib o‘tadi.
Germaniyalik futbolchi yiliga 15-20 million yevro maosh olmoqchi. Ya’ni, Gnabri jamoadoshlari bo‘lgan Leroy Sane va Kingsli Koman bilan bir xil oylik olishni istaydi. Bu haqda “Sport Bild” nashri xabar bermoqda.
Gnabriga Angliyaning “Chelsi” va “Tottenxem” klublari qiziqish bildirmoqda, futbolchining o‘ziga London yoqadi. Hujumchi shu yozda “Bavariya”ni tark etishni istamayapti, ammo 2023 yilning yozida klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Joriy mavsumda Gnabri Bundesliganing 23 ta o‘yinida 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi