“Batmobile” va samolyot: Neymar o‘zining qimmatbaho kolleksiyasini ko‘rsatdi (video)
Sport
−
07 yanvar 2059 1 daqiqa
Braziliyalik futbol yulduzi Neymar o‘zining qimmatbaho “Batmobile” avtomobili va samolyotlar kolleksiyasini namoyish qildi. Bu haqda futbolchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Neymarning ushbu kolleksiyasi 65 million dollarga baholanmoqda. Kolleksiyada taxminan 45 million dollarga baholangan shaxsiy Dassault Falcon 900LX biznes samolyotini ham bor. Shuningdek, u taxminan 9 million dollarga baholangan Airbus H145 vertolyotini ham tarmoqlarda namoyish qildi.
To‘plamdagi eng noyob detal esa taxminan 2 million dollarga baholangan “Batmobile”ning nusxasi bo‘lib, bu mashina muxlislarning e’tiborini tortmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar Braziliyaning “Santos” klubi bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini ma’lum qilgan edi. Hujumchining yangi mehnat shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar amal qiladi.
Live
Barchasi