Bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida olamdan o‘tdi

3-sahifa

image

Mashhur bastakor Musaxon Nurmatov uzoq davom etgan xastalik tufayli 56 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda uning o‘g‘li Yusufxon Nurmatov Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Musaxon Nurmatov faoliyati davomida Ozodbek Nazarbekov, Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayev, Abdurashid Yo‘ldoshev, Bahrom Nazarov, Mansurxon va Yusufxon Nurmatov kabi ko‘plab san’atkorlar bilan hamkorlik qilgan.

So‘nggi yillarda uning prodyuserligida “Jurnalist” va “Qodirxon” kabi seriallar suratga olingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Paxtakor” metro bekatiga rasm chizgan rassom, O‘zbekiston tasviriy san’atining namoyandasi Vladimir Burmakin 87 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bastakor Musaxon Nurmatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar