“Barselona” yuduziga “Arsenal” da’vogarlik qilmoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubida to‘p suradigan niderlandiyalik futbolchi Memfis Depay o‘ziga yangi jamoa qidirishi mumkin. Bu haqda “Goal” nashri xabar bermoqda.

Depayga Ronald Kuman davrida yuksak ishonch bildirilayotgan edi. Ammo Xavi Kataloniya klubi boshqaruviga kelgach, Memfisni “ajoyib” zaxira futbolchisiga aylantirdi. 

Qolaversa, “Barselona” ortada qolgan qishki transfer oynasida Adama Traore, Ferran Torres va Per-Emerik Obemeyang singari futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Natijada, hujum chizig‘ida raqobat kuchaydi va ushbu kurashda Depay imkoniyatni boy berib bo‘ldi.

Nederlandiyalik futbolchining xizmatlariga “Arsenal”, “Everton”, “Nyukasl” jamoalari qiziqish bildirmoqda. “Barselona” ma’qul taklif tushsa, Depaydan qutulishga qarshi emas.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Memfis Depay “Barselona” safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 28 yoshli futbolchini 45 million yevroga baholamoqda. Uning “ko‘k anorranglilar” bilan imzolagan shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing