“Barselona” transferlardan mamnun emas

Sport

image

"Barselona" yozgi transfer bozoridagi xaridlarini davom ettirmoqchi. Jamoa rahbariyati amalga oshgan transferlardan mamnun emas. 

Mavsumlar oralig‘idagi transferlarda “ko‘k-anorranglilar” hozircha Robert Levandovski, Rafinya, Jyul Kunde, Kesse va Andreas Kristensenni jamoaga olib keldi, lekin hali hamon klub rahbariyati tarkibdagi o‘yinchilarning potensialiga ishonmayapti.   

“Barsa” skautlarining navbatdagi nishoni “Mancherter Siti”ning hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva bo‘lib turibdi.   

Portugaliyalik futbolchi Katalon klubiga o‘tishga qarshi emas. Biroq, Silva bilan shartnoma imzolash uchun kataloniyaliklar jamoani tark etishni istamaydigan yarim himoyachi Frenki De Yongni sotishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, Bernardu Silva "Siti" tarkibida 251 ta o‘yin o‘tkazib, 48 ta gol va 51 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Transfermarkt" portali futbolchini 80 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Frenki De Yong “Manchester Yunayted”dan tushgan taklifni rad etgan edi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing