“Barselona” sobiq bosh murabbiyi “Atletiko”da ish boshlashi mumkin
Sport
−
19 fevral 2022 3704 1 daqiqa
“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde Madridning “Atletiko” klubini boshqarishga yaqin turibdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri ma’lum qildi.
Madridning klubining amaldagi ustozi Diyego Simeone rahbariyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotganiga qaramay, jamoani tark etishni istayotgani sabab, klub boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Diyego Simeone 2011 yilning dekabr oyidan beri “Atletiko Madrid”ni boshqarib kelmoqda va jamoa bilan birga 8 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida La Ligadagi ikkita chempionlik bor. Argentinalik mutaxassisning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Valverdega kelsak, ispaniyalik mutaxassisning so‘ngi klubi "Barselona" bo‘lib (2017-2020), klubdagi muvaffaqiyatsizlik sabab vazifasidan ozod etilgan edi.
Shaxboz Qahhorov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr