“Barselona” “Real”ning sobiq futbolchisini sotib olmoqchi
Sport
−
07 aprel 2020 7768 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Italiyaning “Milan” klubi himoyachisi Teo Ernandesni sotib olishni istamoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar tarqatdi.
Futbolchining transfer narxi 40 million yevro deya baholanmoqda. Shuningdek, futbolchiga Turinning “Yuventus” klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Teo Ernandes o‘tgan yilning yozida Madridning “Real” klubidan “Milan”ga 20 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Ernandes joriy mavsumda “rossonerilar” tarkibida barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg‘ol qilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr