“Barselona” Rafinya uchun qancha pul to‘lashi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
11 iyul 2022 3949 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi “Lids” hujumchisi Rafinya uchun bonuslar bilan birga 72 million yevro to‘lashga tayyor. Ingliz klubi bu taklifni rasmiy ko‘rinishda olishi bilanoq qabul qiladi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Rafinya uchun “Barselona” faoliyatidagi eng katta orzusi hisoblanadi. Shuning uchun braziliyalik futbolchi ispan klubidan boshqa jamoalardan tushgan takliflarni rad etgan.
Ma’lumot uchun, Rafinya 2020 yilda “Renn”dan 18,6 million yevro evaziga “Lids”ga o‘tgan edi. Ushbu davr mobaynida, braziliyalik hujumchi ingliz klubi safida 67 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 12 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining “Lids” bilan mavjud shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr