“Barselona”, PSG va “Yuventus” “Citi” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

“Barselona”, “Pari Sen-Jermen” va “Yuventus” “Manchester Siti” yulduzi Riyod Mahrezga ko‘z tikmoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya Premer ligasi klubi joriy yilning yozida Erling Xoland xaridini moliyalashtirish uchun Mahrezni sotishi mumkin. “Barselona”, PSJ va “Yuventus” Mahrezni qo‘lga kiritishdan manfaatdor. Biroq hech bir klubning jazoirlik futbolchi borasida “shaharliklar”ga aniq taklif bilan chiqqani ma’lum emas.

Ma’lumot o‘rnida, 31 yoshli futbolchi 2014 yili Fransiyaning “Gavr” klubi safidan 750 ming yevro evaziga “Lester” safiga kelib qo‘shilgan. Riyodni 2018 yili “tulkilar”dan “shaharliklar” 50 million yevro evaziga xarid qildi. Joriy mavsumda Riyod Mahrez “Manchester Siti” tarkibida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali jazoirlik iqtidor egasini 40 million yevroga baholamoqda

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing