“Barselona” navbatdagi transferni e’lon qilishga yaqin turibdi

Sport

image

“Lion”ning niderlandiyalik hujumchisi Memfis Depay yaqin kunlar ichida “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist-insayder Nikolo Skira Twitter ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” futbolchining shaxsan o‘zi bilan kelishuvga erishgan, shartnoma masalalari ham kelishib olingan. Unga ko‘ra, hujumchi Kataloniya klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi va yiliga soliqlardan tashqari 5 million yevro maosh oladi. Transfer kelasi hafta boshida, 8-9 iyun kunlari rasman e’lon qilinishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona”  o‘tgan mavsum ham Depayni qo‘lga kiritishga harakat qilgan edi, biroq transfer summasining yuqoriligi sabab uning erkin agentga aylanishini kutishga qaror qilgandi. 

Ma’lumot uchun, niderlandiyalik futbolchi bu mavsum klubi safida jami 37 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol hamda 12 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing