“Barselona” “Napoli” sardorini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

"Barselona" "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.

"Napoli" o‘z futbolchisini yozda qo‘yib yuborishga tayyor. Italiyaliklar Kulibalining transferi uchun "Barsa"dan 40 million yevro talab qilmoqda. Biroq "ko‘k anorranglilar" uchun bu summa qimmatlik qilishi mumkin. 

Bundan tashqari, "Barselona" "Leypsig" yarim himoyachisi Anxelinoning transferini ham rejalashtirgan.

Joriy mavsumda Klubali Napoli bilan A Seriyaning 16 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing