“Barselona” MU futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Sport

image

“Mancheter Yunayted” futbolchisi Markus Rashford “qizil iblislar”ni Kataloniyaning “Barselona” klubi bilan almashtirishi mumkin. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

“Manchester Yunayted” rasmiylari joriy yilning yozida Markus Rashfordni sotish g‘oyasiga qarshi emas. Chunki Rashford oldingi darajasidan ancha past futbol namoyish qilmoqda. Shuningdek, “Yunayted” rahbariyatiga yangi futbolchilarni xarid qilish uchun pul kerak. Ular Markusni mo‘may pulga sotish mumkinligiga ishonmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” hamon angliyalik futbolchiga nisbatan qiziqishlarini yo‘qotmagan va yozda Markusni sotib olish uchun rasmiy taklif bilan chiqadi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda 24 yoshli angliyalik futbolchi “Manchester Yunayted” safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali Markus Rashfordni 70 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing