“Barselona” Levandovskini “Kamp Nou”da 57,3 ming muxlis qarshisida tanishtirdi (video)

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘zining yangi futbolchisi Robert Levandovskini rasman tanishtirdi. Tanishtiruv marosimi “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tdi. Mazkur taqdimotga 57,3 mingdan ko‘proq muxlis tashrif buyurdi. 

Qiziqarli ma’lumot, Neymarning tanishtiruv tadbiriga “Kamp Nou”ga 56,6 ming tomoshabin yig‘ilgandi.

Qayd etish joizki, Levandovski “Barsa”ga 45 million yevro evaziga “Bavariya”dan kelib qo‘shildi. Shuningdek, polshalik hujumchi “ko‘k-anorranglilar” safida “9” raqamda to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, polyak Myunxen jamoasida o‘tkazgan 8 mavsumi davomida 375 o‘yinda maydonga tushib 344 gol va 72 assist qayd etgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing