“Barselona” futbolchisiga Italiya grandlari qiziqmoqda

Sport

image

“Inter”, “Milan” va “Yuventus” klublari “Barselona” hujumchisi Memfis Depayni qo‘lga kiritishga intilmoqda. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Italiyaning uchala klubi ham gollandiyalikning vakillari bilan bog‘lanib, yozgi transferlar oynasi oldidan Depayni sotib olish imkoniyati mavjudligini muhokama qilishgan.

Depay o‘tgan yozda “Barsa”ga Fransiyaning “Lion” klubidan tekinga qo‘shildi, ammo Ferran Torres, Adama Traore va Per-Emerik Obameyangning yanvar oyida kelishidan so‘ng, Memfis Depayga “Barselona” asosiy tarkibidan joy kafolatlanmaydi.

Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” portali Memfis Depayni 45 million yevroga baholamoqda. Agar, “Barselona” tekinga kelgan Depayni shuncha narxga pullashning uddasidan chiqsa, yilning eng yaxshi biznes yurishlaridan biri bo‘ladi. Aytgancha, Depay La Ligada 8 ta gol urib, “Barsa”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing