“Barselona” futbolchilari maoshlari qisqartirilishiga rozi emas

Sport

image

"Barselona" futbolchilari klubning maoshni qisqartirish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda. 

Taklif doirasida "Barselona" Prezidenti Xosep Mariya Bartomeu futbolchilar va klub xodimlarining ish haqini 30 foizga kamaytirmoqchi edi.

Ushbu masala bo‘yicha muzokaralar oynasi 22 oktyabrgacha ochiq, lekin vaqt 5 noyabrgacha uzaytirilishi mumkin.

"Barselona" rahbariyati futbolchilar bilan maoshni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Agar bu amalga oshmasa, klub qarorni bir tomonlama qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, "Barselona" koronavirus pandemiyasi tufayli allaqachon 97 million yevro yo‘qotgan.

Avvalroq, "Barselona" futbolchisi Messi yuqoridagi holatdan foydalanib, qishda klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

barselona

Baholaganlar

85

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing