“Barselona” eng katta homiylik kelishuvini imzolashga yaqin turibdi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” futbol klubi Shvetsiyaning “Spotify” musiqiy strim kompaniyasi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.Tomonlar o‘rtasida homiylik kelishuvi yaqin haftalarda imzolanishi mumkin. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi

"Barselona" rasmiylari kelishuvning mart oyida rasman e’lon qilinishi mumkinligiga ishonchi komil. Klub imkon qadar tezroq shartnoma imzolanishiga erishmoqchi.

“Barsa”dagi manbalarning ta’kidlashicha, “Spotify” strim xizmati bilan kelishuv bozordagi eng yaxshi bitimlardan biri bo‘ladi.

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra,“ko‘k anorranglilar” 4 yillik shartnomaga muvofiq “Spotify” strimdan taxminan 300 million yevro oladi. Natijada kompaniya "Barselona"ning titul homiysiga aylanadi. Shuningdek, “Spotify” “Kamp Nou” stadioniga nom berish va “Barselona”ning mashg‘ulot libosida o‘z logotipini joylashtirish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 26 ta uchrashuvdan so‘ng 48 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 4-o‘ringa joylashgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing