“Barselona” de Yongni qancha pul evaziga qo‘yib yuborishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi 25 yoshli yarim himoyachisi Frenki de Yong uchun “Manchester Yunayted”dan 100 million yevrodan ko‘proq pul talab qilmoqda.Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “ko‘k anorranglilar” “Manchester Yunayted” yuborgan narxni kulguli darajada kichkina deb baholamoqda. “Barsa” rahbariyati o‘zi uchun munosib narx yozilgan taklifni olmasa, ushbu transfer ishi uzoqroq muddatga cho‘zilishini aytmoqda. 

"Manchester Yunayted" de Yong uchun “Barselona”ga  60 million yevro taklif qilmoqda. Shuningdek “qizil iblislar” yana 20 million yevroni turli xil bonuslar ko‘rinishida to‘lamoqchi.

Qayd etish joizki, Frenkini sotib olish “qizil iblislar”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xagning asosiy maqsadi. U oldin de Yong bilan “Ayaks”da ishlagan va oralaridagi munosabat ham yomon emas.

Ma’lumot uchun, de Yong 2019 yilning yozida "Barselona" futbolchisiga aylangan edi. Gollandiyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali niderlandiyalik iqtidor egasini 60 million yevroga baholamoqda.

Aziza Nizomiddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing