“Barselona” bosh direktori iste’foga chiqdi

Sport

image

“Barselona” bosh direktori Ferran Reverter o‘z xohishiga ko‘ra lavozimni tark etdi. Bu haqda d“ko‘k anorranglilar” rasmiy saytida xabar qilindi.

Reverter oilaviy sabablarga ko‘ra Kataloniya klubini tark etdi. Ferran klubga yangi bosh direktor tayinlanmaguncha o‘z lavozimida qoladi.

“Deyarli bir yil oldin men Germaniyani tark etib, oilaviy sabablarga ko‘ra Barselonaga qaytishga qaror qildim. Oradan ko‘p o‘tmay Joan Laportadan taklif oldim va uni qabul qildim.  Bu oylar hayajonli bo‘ldi va men Prezidentga ko‘rsatgan ishonchi, birinchi navbatda, g‘ayrati va yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. U haqiqatan ham "Barselona"da klubni jahon yetakchiligiga qaytarishga qodir top-menejment jamoasi bo‘lishini xohlaydi.  Endi men shaxsiy va oilaviy loyihalarga ko‘proq vaqt ajratishga e’tibor qaratmoqchiman”,  deydi Reverter.

Ma’lumot uchun, mutaxassis bu lavozimda 2021 yilning iyulidan beri ishlab kelmoqda.

 

Shahboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing