“Barselona” avjida. Endigi navbat Aspilikuetagami?

Sport

image

“Barselona” va “Chelsi” himoyachi Sezar Aspilikueta transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Ispaniyaning "Sport" nashri xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, “Barsa” to‘laydigan summa 4-5 million yevroni tashkil etadi. Kelishuv yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, “Chelsi” hujjatlarni imzolashdan avval Aspilikueta o‘rniga "Leypsig" futbolchisi Yoshko Gvardiolni tarkibga qo‘shib olmoqchi.

"Sport" nashri xabariga ko‘ra, 20 yoshli xorvat Yoshko Gvardiol tez orada London klubiga o‘tadi, bu esa Sezarning ketishi uchun so‘nggi to‘siqni bartaraf qiladi. 

Transfer rasman tasdiqlansa, Aspilikueta kataloniyaliklar bilan 2+1 ko‘rinishidagi shartnomani imzolaydi. Hozirda har ikki klub ham AQSHda yangi mavsum uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda

Ma’lumot o‘rnida, Aspilikueta 2012 yilda “Marsel”dan “Chelsi” safiga kelib qo‘shilgan va 10 mavsumdan buyon londonliklar safida to‘p surib kelmoqda.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing