“Barselona” g‘alabasiz seriyaga barham berdi
Sport
−
28 fevral 2019 3599 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi kecha Madridning “Real” klubini o‘z tarixida 95 marotaba mag‘lubiyatga uchratib, “el-klasiko”lardagi g‘alabalar soni bo‘yicha “qirollik klubi”ga yetib oldi. Endi har ikkala klub hisobida bu borada tenglik yuzaga keldi.
Ma’lumot uchun, “Ko‘k-anor ranglilar” Luis Suaresning dubli va Kazemeroning avtogoli evaziga mehmonda yirik 3:0 hisobidagi muvofaqqiyatga erishib, Ispaniya kubogi doirasida “Real”ga qarshi bahslardagi g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘yishdi.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniyaliklar oxirgi to‘rtta bahsning 2 tasida durang qayd etib, shuncha marotaba mag‘lub bo‘lishgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025