“Barselona” 1,5 mln yevro zarar qilishi mumkin
Sport
−
20 dekabr
11972024 yilning birinchi yarmida "Barselona" texnik homiysi Nike roziligisiz taxminan 150 mingta futbolka ishlab chiqardi, chunki klub hali Amerika kompaniyasi bilan yangi hamkorlik shartnomasi tuzmagan edi. Bu haqda “Football Espana” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi boshqa brendlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqdi va 150 ming dona futbolka ishlab chiqardi. Liboslarning har biri “Barselona”ga 10 yevroga tushdi.
Joriy qish faslida “ko‘k-anorranglilar” Nike bilan 2038 yilgacha shartnoma imzoladi va endi klub ishlab chiqarilgan futbolkalarni nima qilish kerakligini bilmayapti.
Qayd etilishicha, ispan grandi futbolkalarni sotish yoki hatto muxlislarga tarqatish uchun ham Nike kompaniyasidan ruxsat olishi kerak. Agar Amerika kompaniyasi “Barselona”ga ushbu futbolkalarni sotishga ruxsat bermasa, Kataloniya klubi 1,5 million yevro yo‘qotadi.
LiveBarchasi