“Barca” va “United” Frenki de Yong borasida kelishuvga erishdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” va “Barselona” niderlandiyalik futbolchi Frenki de Yong transferi shartlarini kelishib oldi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klublar 25 yoshli yarim himoyachining xaridi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Transferning umumiy summasi 85 million yevroni tashkil qiladi. Shundan 75 million yevroga yaqin pul “Barselona” hisob raqmiga kafolatlangan tarzda o‘tkazib beriladi. Qolgan pullarni “Manchester Yunayted” bonuslar shaklida to‘laydi.

Qayd etilishicha, “Yunayted” Frenki bilan shaxsiy shartnoma shartlarini hali ham kelishib olmagan. Sabibi de Yong “Barselona”da qolishni afzal ko‘rmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, de Yong 2019 yilning yozida “Barselona” futbolchisiga aylangandi. 25 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda “Barsa” safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali niderlandiyalik iqtidor egasini 70 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing