“Barsa” va “Real” “Borussiya” himoyachisi uchun kurashga kirdi
Sport
−
22 fevral 2022 3655 1 daqiqa
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Rafael Gerreyru jamoani tark etishi mumkin. 28 yoshli portugaliyalik futbolchiga “Barselona” va “Real” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Defensa Central” nashri xabar berdi.
Himoyachining “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Gerreyru nemis klubi safida barcha turnirlar doirasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Shaxboz Qahhorov
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust