“Barsa” va “Borussiya D” nemis futbolchisi uchun kurashga kirishdi
Sport
−
17 noyabr 2021 2946 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati yuragi bilan bog‘liq muammo sabab bir necha oyga safdan chiqqan Serxio Agueroga o‘rinbosar topish harakatini boshladi. Bu haqda “Sport1.de” sayti xabar tarqatgan.
Xabarga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” argentinalik futbolchi o‘rniga “Zalsburg” hujumchisi Karim Adeyemini asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Kataloniyaliklar rahbariyati nemis futbolchisi uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor.
Shuningdek, “Borussiya D” klubi ham 19 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Ta’kidlanishicha, dortmundliklar Karim uchun 35 million yevro va bonuslar taklif qilmoqchi.
Manbaga ko‘ra, “asalarilar” Karim uchun yiliga 5 million yevro to‘lamoqchi. “Barselona” qancha maosh taklif qilmoqchiligi esa hali ma’lum emas.
2021/2022 yilgi mavsumda Adeyemi 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 20 million yevroga baholamoqda.
Jamshidbek Mahmudov
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust