“Barsa” “Real”ga qarshi o‘yinda o‘ziga xos libosda maydonga tushadi

Sport

image

Kataloniyaning "Barselona" klubi va Spotify'ning kelishuviga binoan mashhur reper Dreykning logotipi "ko‘k-anorranglilar" libosidan joy oladigan bo‘ldi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, Dreykning qo‘shig‘i Spotify platformalarida milliard marotaba eshitilgan. Dreyk va Spotify'ning kelishuviga binoan endi Kataloniya klubi liboslarida Dreykning OVO yorlig‘i ramzi bo‘lgan boyqush tasviri tushiriladi. "Barselona" Ispaniya La Ligasining navbatdagi 9-turida "Real"ga qarshi o‘yinga boyqush aks ettirilggan futbolkalarda maydonga tushadi

Eslatib o‘tamiz, "Real" – "Barselona" uchrashuvi 16 oktyabr yakshanba kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 19:15 da yangraydi.

Shahzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing