“Barsa”ni to‘xtatib bo‘lmayapti. Katalonlar Bernardu Silva transferini hal qildi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti”ning hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda italiyalik, jurnalist, insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kataloniya klubi va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Shuningdek, “Barselona” yaqin vaqt ichida “Manchester Siti”ga 60 million yevro miqdorida rasmiy taklif bilan chiqadi. Kataloniya klubi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar Bernarduni xarid qilish masalasini yakunlamoqchi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda “Manchester Siti” Bernardu Silvaning transfer huquqini 50 million yevroga sotib olgandi. Shu vaqt mobaynida, 28 yoshli futbolchi “shaharliklar” safida o‘tkazilgan 248 o‘yinda maydonga tushib, 48 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan va 50 marta sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlagan. Hozirgacha Silva “Siti” bilan 11 ta sovrin yutgan. Uning jamoa bilan shartnomasi 2025 yilda yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing